Taqdirlash

Taqdirlash

QarDTU Nuriston akademik litseyida “Yangi O‘zbekistonning baxtli yoshlari, bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!” mavzusida medal va diplom topshirish marosimi ko‘tarinki kayfiyatda tashkil qilindi! Tantanali marosimda universitetning Yoshlar ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A.O.Murtazayev so‘zga chiqib, bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirib, akademik litseyni a’lo baholar bilan tugatgan 10 nafar bitiruvchisiga “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi hamda sertifikatlarini, shuningdek, 2 nafar bitiruvchiga “Oltin medal” hamda 57 nafar bitiruvchilarga “A’lo darajali” diplomlarni topshirdi. Tadbir davomida 2024-2025-o’quv yilida namunali faoliyat olib borgan akademik litsey o’qituvchilari rektor tashakkurnomasi hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, a’lo o‘qishlari, namunali xulqi va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining diagnostik test sinovlarida yuqori natijalarni ko'rsatgan, chet tillarni bilish darajasi bo‘yicha yuqori ko’rsatgichlarga ega bo’lgan bitiruvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Diplom topshirish tantanalari ko‘taringki ruhda o‘tkazildi. 🇺🇿2024-2025 o‘quv yili davomida bitiruvchilarimiz quyidagi muvaffaqiyatlarga erishdilar: Ushbu o‘quv yilida akademik litseyni 279 nafar o‘quvchi muvaffaqiyatli tamomlamoqda. Ulardan: -21 nafar bitiruvchi xalqaro nufuzli oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi. Xalqaro va milliy sertifikatlar olgan o‘quvchilarimizning salmog‘i oshib bormoqda: -12 nafar bitiruvchi xalqaro SAT sertifikati sohibi bo‘ldi; -141 nafar bitiruvchi chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikat egasi bo‘ldi; -202 nafar bitiruvchi esa umumta’lim fanlari bo'yicha milliy sertifikatga ega bo‘ldi.

...

ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...