Ochiq eshiklar kuni
Bugun Qarshi davlat texnika universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Universitet “Nuriston” akademik litseyining bitiruvchilari dastlab “Aqlli auditoriya” bilan tanishdilar. Ularga taʼlim yoʻnalishlari, shart-sharoitlar, iqtidorli talabalarning yutuqlari haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, oʻquvchilar axborot-resurs hamda inkubatsiya markazlarida ham boʻldilar.
