Yakuniy davlat attestatsiyasi
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida 2024-2025 o‘quv yili bitiruvchilarining ona tili va adabiyot fanidan Yakuniy davlat attestatsiyalarining ochilishi marosimi o‘tkazildi.
Yakuniy davlat imtihonida universtitet rektorining buyrug‘i bilan universitetning O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i A.Abdiyev va universitetning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Z.Chorshambiyevlar raisligida Qarshi davlat texnika universitetining bir guruh attestatsiya komissiyasi raislari: prof. Yu.Ergasheva, O.Begimov, dots. B.Xoliyorov, X.Nekboev, D.Ismoilovlar ishtirok etdi hamda so‘zga chiqdilar.
Ona tili va adabiyot fanidan tashkil qilingan Yakuniy davlat attestatsiyasi namunali tarzda, yuqori kayfiyatda tashkil qilindi. Akademik litseyda Yakuniy davlat attestatsiyalari davom etmoqda.
