Zakovat
O‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida g‘oliblar aniqlandi!
Shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda 100 mln. so'm pul mukofoti va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
1-o‘rin: Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi
2-o‘rin: Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyi
3-o‘rin: DXX “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseyi (Surxondaryo) jamoasi
Mazkur jamoalar diplom, medallar hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o‘rin: 100 mln so‘m
2-o‘rin: 60 mln so‘m
3-o‘rin: 40 mln so‘m
Ushbu yutuq bilan o‘‘quvchilarimizni, ularni ota-onalarini, shuningdek, ularga bilim bergan barcha ustoz-murabbiylarini, ayniqsa, akademik litseyning "Zakovat" koordinatori, Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nasibullo Yoriqulovga samimiy minnatdorchilik bildiramiz! Katta rahmat sizlarga!
