Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida aka...

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida  akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bellashuvda har bir guruhdan bitta jamoa, hamda akademik litseyning terma jamoalari jami 12 ta jamoa final bosqichiga chiqish o‘z bilim va salohiyatlarini har tomonlama namoyon etdilar. Musobaqada o‘quvchilarning bilimi va natijalari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bilimlar musobaqasida 3-o‘rinni 210-guruh, 2-o‘rinni 207-guruh hamda 1-o‘rinni 208-guruh o‘quvchilaridan iborat bilimdon jamoalar qo‘lga kiritishdi. Bilimlar bellashuvi davomida o‘quvchilarning bilim va tafakkurlari yana bir karra charxlandi. Final bosqichiga chiqqan jamoalarga omad tilaymiz.