Ibratli oila

Ibratli oila

Ibratli oila

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan oilalarga ko‘krak nishoni va tegishli sovg‘alarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi tadbirda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida o‘tkazilgan "Yangi O‘zbekistonning Ibratli harbiy oilasi-2025" ko‘rik-tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dilnoza Berdimurodova hamda turmush o‘rtog‘i Qashqadaryo viloyati FVB harbiy xizmatchisi, podpolkovnik O‘.Turdaliyev ham ishtirok etib, ushbu oila "Ibratli oila" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Fursatdan foydalanib, hamkasbimizni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusidagi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.