Iqtidorli yoshlar
Iqtidorli yoshlar
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bilimlar bellashuvi” mavzusida fan olimpiadalari hamda “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri tashkil qilindi. Fan olimpiadalarida 600 nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etib, 13ta umumta’lim fanlari – matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika, ona tili va adabiyoti, tarix, huquqshunoslik, geografiya, ingliz tili, nemis tili, rus tili va fransuz tillari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bilimlar bellashuvida faol ishtirok etib, yakunda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar akademik litsey rahbariyatining pul mukofotlari, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...