Zakovat
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida Qashqadaryo viloyati “Zakovat” klubi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o‘yinlarining to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotda akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchilari ishtirok etdilar. O‘quvchilarda katta taassurot qoldirgan bellashuvda “Zakovat” intellektual o‘yinlarining tarixi va faoliyati, o‘tkazilayotgan ko‘p bosqichli musobaqalar nizomi va tartibi hamda keng tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishda “Zakovat” o‘yinlarining o‘rni haqida ma’lumotlar berildi.
To‘garak mashg‘ulotini viloyat “Zakovat” klubi hududiy koordinatori J.Mavlonov olib bordi.
