Muhammad Yusuf tavalludining 71-yilligi
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida tom ma’noda o‘z xalqi, el-yurtining dardi-armoni bilan yashagan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71-yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shoirning hayot va ijod yo‘li, faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar tomonidan shoirning she’rlari yod etildi. Shoir ijodi asosidagi sho‘x kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
