Zakovat musobaqasining Qashqadaryo viloyati saralash bosqichi
O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining Qashqadaryo viloyati saralash bosqichi yakunlandi.
Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-oʻrin: IIV Qashqadaryo akademik litseyi;
2-Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi;
3-Koson tuman 2-son politexnikumi.
Yuqoridagi jamoalar Respublika bosqichida Qashqadaryo sharafini himoya qiladi.
