Dunyoni zabt etgan jahongir
Bugun buyuk davlat arbobi, ulug' sarkarda, kuchli markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 689 yil to‘ldi.
Shu munosabat bilan Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Dunyoni zabt etgan jahongir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Amir Temur shaxsi, uning Vatanimiz davlatchilik tarixidagi o‘rni, ilm-fan va ma’rifat homiysi sifatida amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi, zukko o‘quvchilar tomonidan “Temur tuzuklari” dan namunalar yod etililib, Amir Temur faoliyati va hayot yo‘liga bag’ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
