Perm davlat meditsina universi...

Perm davlat meditsina universiteti

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida Rossiyaning Perm davlat meditsina universiteti bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda Perm davlat meditsina universiteti prorektori M.A.Dvoretskaya, Perm davlat meditsina universiteti abiturientlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Yu.A.Kabirova hamda “Xorijda ta’lim” jamiyati direktori I.Olimovlar ishtirok etib, akademik litsey tabiiy fanlar yo‘nalishini ushbu o‘quv yilida bitiradigan o‘quvchilarga Perm davlat meditsina universitetining ta’lim imkoniyatlari, u yerda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Akademik litsey o‘quvchilari bilan ochiq davra suhbatini ham tashkil qilishib, ularni qiziqtirgan savollariga to‘liq ma’lumotlar berishib, ko‘rgazmali ravishda tushuncha berdilar. Davra suhbati so‘ngida o‘quvchilardan kimyo, biologiya hamda rus tili fanlaridan universitetga o‘qishga kirish imkonini beradigan test sinovlari ham o‘tkazildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi. Akademik litsey bilan Rossiyaning ushbu universiteti o‘rtasida kelgusida hamkorlikni rivojlantirish uchun chora-tadbirlar belgilanib olindi.

...

ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...