Mirzo Ulugʻbek vorislarI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida Qashqadaryo viloyati hokimiligining 2025-yil 13-fevralda o‘tkazilgan B-01-07/59-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida respublika miqyosida ajdodlarimizning munosib vorislarini izlab topish va ularning yangi innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, mavjud ijtimoiy va iqtisodiy muammolar yechimiga qaratilgan gʻoya sohiblarini kashf etish maqsadida, 16-25 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining Qarshi shahar bosqichi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassislari hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hakamligida yuqori saviyada tashkil qilindi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tkazilgan innovatsion g‘oyalar tanlovida yakunda 5 nafar iqtidorli talaba va o‘quvchilar g‘olib deb topildi hamda ushbu tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi.
