8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan akademik litsey o‘quvchi-qizlari o‘rtasida “Bahor malikalari” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Ko‘rik tanlov ishtirokchilari 4 ta shart bo‘yicha bellashib, kelajakdagi kasbiga bo‘lgan qiziqishi, iqtidori, qobiliyati va mahoratlarini hamda sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar har bir shart bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Yakunda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan ishtirokchi qizlarga akademik litsey rahbariyatining maqtov yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.