Giyohvandlik – kelajak kushandasi

Giyohvandlik – kelajak kushandasi

Giyohvandlik – kelajak kushandasi

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida “Giyohvandlik – kelajak kushandasi” mavzusida profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti masʼul xodimlari F.Rajabov, P.Azimbekov, viloyat IIB boʻlim boshligʻi A.Mirzayev, viloyat narkologiya dispanseri shifokori A.Rahimov, akademik litsey o’qituvchi va o’quvchi-yoshlari ishtirok etdilar. Muloqotda o’quvchilarni mushohadaga chorlovchi, hushyorlikni oshiruvchi mulohazalar bildirildi hamda videomateriallar namoyish etildi.