Ochiq eshiklar kuni
Ochiq eshiklar kuni
Xabaringiz bor, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat “Olima” uyushmasi, viloyat «Ixtirochi ayollar» uyushmasi, viloyat “Oqila ayollar” harakati hamkorligida “Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi” haftaligi oʻtkazilmoqda. Bugun mazkur haftalik doirasida Energetika fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda institut akademik litseyi oʻqituvchilari va oʻquvchilari fakultetdagi laboratoriyalar va “Muqobil energiya manbalari” oʻquv-ilmiy poligoni bilan yaqindan tanishdilar. Fakultet professor-oʻqituvchilari, doktorantlar va iqtidorli talabalar laboratoriya jihozlaridan foydalanish tartibi, “Aqlli issiqxona”ning afzalliklari, quyosh havo qizdirish qurilmalari, eksperimental quyosh uyi, biomassadan muqobil yoqilgʻi olish uchun piroliz va biogaz qurilmalarining ishlash prinsiplari, foydali jihatlari haqida maʼlumot berdilar.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...