O‘zbekiston Qahramoni - Muhabbat Sharopova

O‘zbekiston Qahramoni - Muhabbat Sharopova

O‘zbekiston Qahramoni - Muhabbat Sharopova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “5 muhim tashabbus” doirasida bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi pedagog-o‘qituvchilari hamda o‘quvchi-yoshlar jamoasi Mulla To‘ychi Toshmuhammedov nomidagi Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida bo‘ldilar. Yozuvchi Sh.Xudoynazarova asari asosida rejissyor F.Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan “Muhabbat” nomli lirik dramasi teatr ijodkorlari tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etildi. Yuksak falsafiy hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, zamonamiz qahramoni, vohamiz faxri, O‘zbekiston Qahramoni - Muhabbat Sharopovaning ibratli va mazmunli hayot yo‘liga bag‘ishlangan sahna asari akademik litsey jamoasiga katta taassurot qoldirdi.