Buyuk ma'rifatparvar hayotiga bir nazar
Qarshi davlat texnika unvirsteti Nuriston akademik litseyida Qashqadaryo viloyat bolalar kutubxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlab "Buyuk ma'rifatparvar hayotiga bir nazar" mavzusida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda litsey ona tili va adabiyot o'qituvchisi (PHD) F.Rajabov tomonidan Behbudiyning "Padarkush" dramasining mazmuni haqida va viloyat bolalar kutubxonasi mutaxassisi N.Qurbonova tomonidan esa Behbudiyning hayoti va ijodi haqida o'quvchilarga ma’lumotlar berildi.
