Yilning eng faol o‘quvchisi

Yilning eng faol o‘quvchisi

"Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon o'quvchisi" tanlovining 2024-yilgi mavsum yakuniy Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Yilning eng faol o‘quvchisi” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Tanlovning mazkur bosqichida 5 nominatsiya bo‘yicha ishtirokchilarning taqdimotlari baholandi. Quvonarlisi shundaki "Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon o'quvchisi" nominatsiyasi bo'yicha Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi (Nuriston akademik litseyi) o'quvchisi – Soatova Zarina Otabek qizi faxrli 1-o‘rinni egalladi! “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon o‘quvchisi” tanlovi natijalari: 1-o‘rin: Zarina Soatova – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi; 2-o‘rin: Farhod Choriyev – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi o‘quvchisi; 3-o‘rin: Muslima Majidova – Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi. Respublika bosqichida 1-, 2-, 3-o'rinlarga munosib deb topilgan g'oliblar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan bugun o‘tkaziladigan tantanali taqdirlash marosimida diplom, statuetka va nizom asosida qimmatbaho sovg’a bilan taqdirlandi. Shu munosabat bilan ushbu o‘quvchimizga ta’lim-tarbiya bergan ota-onasiga hamda ustozlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Barakalla Zarina! Yutuqlar bardavom bo‘lsin!

...

ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...