Abduraxmonova Asila Asliddin qizi

Abduraxmonova Asila Asliddin qizi

Abduraxmonova Asila Asliddin qizi

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi ingliz tili o‘qituvchisi, Qarshi davlat universiteti 2 bosqich magistranti Abduraxmonova Asila Asliddin qizi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024/2025 o‘quv yilida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tashkil qilingan, Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib respublika miqyosida tillar yo‘nalishi bo‘yicha "Prezident stipendiyasi"ga sazovor bo‘ldi. Bugungi kunga qadar u quyidagi yutuqlarga ham erishgan: • "CEFR C1"; • NSP Xalqaro granti sohibasi 🇸🇰 (100%); • Slovakiyaning 5 ta universitetidan qabul xatlari; • Bakalavr bosqichida Navoiy nomli davlat stipendianti; • "Harvard HPAIR" 24 Tailand / 25 Amerika g‘olibasi; • Amerikaning "Arizona state university" sertifikati; • Buyuk Britaniyaning "British council" sertifikati; • Uslubiy qo‘llanma va maqolalar muallifi; • "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi" ko‘krak nishoni; • "Ilm-fan sohasida qo‘shgan xizmatlari uchun" esdalik ko‘krak nishoni. Shuningdek, u 2021 - 2023 yillar davomida respublika "Qizlar ovozi" klubining Qashqadaryo viloyati bosh koordinatori sifatida ham faoliyat yuritgan va qizlar o‘rtasida ko‘plab ilmiy va ma’naviy tadbirlar tashkil qilib kelgan.