14- yanvar–Vatan himoyachila...
14- yanvar–Vatan himoyachilari kuni
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 33-yilligi munosabati bilan “14- yanvar–Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan harbiy vatanparlik ruhidagi ko‘rgazmali ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qarshi shahri Xonobod qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qism zobitlari mayor A.Sayfiddinov, mayor A.Qarshiboyev, serjant J.Muxiddinovlar ishtirok etdi. Tadbir davomida akademik litsey o‘quvchilari guruhlarga bo‘lingan holda harbiy vatanparvarlik hamda jismoniy sport shartlari bajardilar. O‘quvchilardagi shijoat, epchillik hamda tantanali saf mashqlari harbiy qism zobitlari tomonidan tomonidan baholab borildi. Akademik litsey “Qalqon” jamoasining harbiy ko‘rgazmali chiqishlari barchada chuqur taassurot qoldirdi. Tadbir o‘quvchilarda ona Vatanga muhabbat, uning himoyasi muqaddas burch ekanligi kabi g‘oyalarni yuksaltirishga xizmat qildi.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...