Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida 2023-2024 o‘quv yilining "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumi doirasida “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvining ta'lim muassasasi bosqichiga start berildi
Bellashuv 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda har bir guruhdan bittadan jami 12 ta jamoa final bosqichiga chiqish uchun o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Musobaqada o‘quvchilarning bilimi va natijalari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bilimlar musobaqasida 3-o‘rinni 103-guruh hamda 104 guruhlar, 2-o‘rinni 111-guruh hamda 1-o‘rinni esa 109-guruh o‘quvchilaridan iborat bilimdon jamoalar qo‘lga kiritdi.
Bilimlar bellashuvi davomida o‘quvchilarning bilim va tafakkurlari yana bir karra charxlandi. Bilimdon, zakovatli o‘quvchilarimiz soni ko‘payib bormoqda. Final bosqichiga chiqqan jamoalarga omad tilaymiz
