O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi
Bugun Qarshi tumanidagi Xonobod qo‘rg‘onchasida joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar-"Vatan himoyachilari kuni" munosabati ko‘rgazmali tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda okrug Qo‘shinlari Qo‘mondonligi rahbarlari, okrug Faxriylar kengashi raisi, zaxiradagi podpolkovnik Sh.Madiyev, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi yetakchi mutaxassisi, zaxiradagi mayor O‘.Shaymardonov, viloyat faxriylar kengashi raisi, zaxiradagi podpolkovnik G‘. Umurqulov va boshqa viloyat faxriylari qatorida harbiy qism xizmatchilari va Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etdilar.
