O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida qarorga...

O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida qarorga asoslanib "lotin tilining imlo qoidalari" haqida seminar tashkil qilindi

O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida qarorga asoslanib "lotin tilining imlo qoidalari" haqida seminar tashkil qilindi

Bugun Qarshi Nuriston akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’Iim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi 457-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 339-sonli Qaroriga asoslanib, lotin tilining imlo qoidalari haqida seminar mashg‘uloti tashkil qilindi va o‘qituvchilarning savodxonlik darajasini oshirish maqsadida “Mening konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida diktant olindi. Ushbu seminar mashg‘ulotini akademik litseyning oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent F.Rajabov olib bordi va o‘qituvchilarga kerakli tushunchalar hamda tavsiyalar berdi.