Litseyda 2024-yilning so’ngi...

Litseyda 2024-yilning so’ngi Kengash yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Qarshi Nuriston akademik litseyida 2024-yilning so’ngi Kengash yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash yig’ilishida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.I.Ismoilov ishtirok etib, barcha pedagog-xodimlarni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan samimiy tabrikladi. Kengash yig’ilishida 2024-yil davomida akademik litsey hayotidagi muhim voqealar, qo‘lga kiritilgan natijalar, erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi. 2024-yil bitiruvchilarimizning 99%i oliy ta’lim muassasalari talabalari bo‘lganligi, “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvining Respublika bosqichida litsey jamoasi faxrli 2-o‘rinni egallaganligi, 2024-yil davomida o'qituvchi va o‘quvchilarimizning qariyb 250 nafarga yaqini turli darajadagi chet tillari hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasi bo'yicha milliy va xorijiy sertifikatlarni qo‘lga kiritganligi, fan olimpiadalarining viloyat bosqichida 6 nafar o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, umumiy natijalariga ko‘ra viloyatda 1-o‘rinni egallaganligi, 2 nafar ustozlarimiz dotsent ilmiy unvonini qo‘lga kiritganligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, 2024-yil davomida akademik litseyimiz nufuzini oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatgan bir guruh o‘qituvchi va ishchi xodimlarga institut rektorining tashakkurnomalari topshirildi. Kengash yig‘ilishi davomida yangi 2025-yildagi istiqbol vazifalar, amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirib olindi. Kengash yig’ilishining rasmiy qismi tamomlanganidan so‘ng, institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.I.Ismoilov ishtirokida barcha pedagog-xodimlar uchun tashkil etilgan bayram sovg’alari topshirildi. Yangi yil ramzlari bezatilgan archa hamda Qorboboning tashrifi akademik litsey jamoasi xotirasida yorqin iz qolqirdi.

...

ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...