Fan olimpiadalarining viloyat ...
Fan olimpiadalarining viloyat bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi
🇺🇿Bugun Qarshi shahridagi A.Oripov nomidagi ijod maktabida asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi tashkil qilindi. Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida Qarshi Nuriston akademik litseyining 6 nafar o‘quvchisi g‘oliblar qatorida bo‘lganligi va ulardan 5 nafari asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida ishtirok etishi haqida oldin xabar berilgan edi. Bugungi tadbirda ushbu o‘quvchilarimiz g‘oliblik sertifikati va pul mukofotlari bilan moddiy rag‘batlantirildilar. Mizropova Sevinch - 2-bosqich o'quvchisi, nemis tili fani bo‘yicha faxrli I o‘rinni; Eshonqulova Baxtiniso - 1-bosqich o‘quvchisi, ona tili va adabiyot fani bo‘yicha II o‘rinni; Amonqulov Avazbek - 2-bosqich o‘quvchisi, fransuz tili fani bo‘yicha faxrli II o‘rinni; Shoimov Ramazon - 2-bosqich o'quvchisi, geografiya fani bo‘yicha faxrli II o‘rinni; Hayitov Saidmahmud - 2-bosqich o‘quvchisi, tarix fani bo‘yicha faxrli III o‘rinni; Tufliyev Aslbek - 2-bosqich o‘quvchisi, nemis tili fani bo‘yicha faxrli III o‘rinni qo'lga kiritgan. Ushbu o‘quvchilarimizni asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida g‘oliblar qatorida e’tirof etilishlariga tilakdoshmiz va ularga omad tilaymiz!
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...