Dekabr oyining eng zakovatli guruhi
Bugun Qarshi Nuriston akademik litseyida “Dekabr oyining eng zakovatli guruhi” nominatsiyasi g'oliblarini aniqlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Saralash bellashuvlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar final musobaqasida o‘zaro bellashdilar. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuv natijasiga ko‘ra:
1-o‘rinni “Xorijiy tillar yo‘nalishi” 211-guruh;
2-o‘rinni “Aniq fanlar iqtisod yo‘nalishi” 104-guruh;
3-o‘rinni “Yurisprudensiya yo‘nalishi” 209-guruhlar egalladi.
G‘olib bo‘lgan guruh o‘quvchilarini akademik litsey rahbariyati nomidan samimiy tabriklaymiz!
