O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Nuriston akademik litseyi boshlang‘ich tashkiloti hisobot – saylov yig‘ilishi
Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Nuriston akademik litseyi boshlang‘ich tashkiloti hisobot – saylov yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat kengashi raisi B.Norqobilov ishtirok etdi. Ochiq hamda teng ovoz berish orqali o‘tkazilgan hisobot-saylov yig‘ilishi natijalariga ko‘ra M.Safarov akademik litsey yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi vazifasiga saylandi.
Shuningdek, tadbir davomida akademik litsey yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloting yo‘nalish sardorlari ham saylab olindi.
“Hisobot-saylov yig‘ilishi” MY5 telekanali orqali tasvirga olindi.
