Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri hamda 2-bosqich bitiruvchilarining ota-onalar yig'ilishi tashkil qilindi...
Ichki test natijalarga ko‘ra eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.
Shuningdek, noyabr oyi davomida turli tadbirlarda, Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi g‘oliblari, “Zakovat” intellektual oyini g’oliblari, ilmiy-badiiy kechalarda, ko‘rik-tanlovlarda va sport musobaqalarida faol ishtirok etgan o‘quvchilar va o‘qituvchilar e’tirof etildi.
Ota-onalar yigilishining 2-qismida o'quvchilarning fanlarni o'zlashtirishi, tartib-intizom, darslarga faol qatnashishi holati muhokama qilinib, kelgusi rejalar belgilanib olindi.
