Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyining qariyb 70 nafardan ortiq o‘qituvchi hamda o‘quvchilari Germaniya hukumatining “Apal” loyihasi bo‘yicha tashkil qilingan xalqaro vebinarda ishtirok etdilar.
Vebinarda Germaniyada kasbiy ta’limni (Ausbildung) boshlamoqchi bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar bu loyiha qanaqa tartibda amalga oshirilishini, uning imkoniyatlari va kasblar haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar!
