Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Tadbirkor...

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Tadbirkor va yoshlar” mavzusida viloyatimizning ko‘zga ko‘ringan yetuk tadbirkorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Tadbirkor va yoshlar” mavzusida viloyatimizning ko‘zga ko‘ringan yetuk tadbirkorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda Qarshi shahar savdo-sanoat palatasi rahbari S.Baratov, savdo-sanoat palatasi rahbari o‘rinbosari B.Niyozov hamda viloyatimizdagi eng ilg‘or tadbirkorlari: Qarshi shahri “1-kompleks loyiha-qurilish va montaj” xususiy korxonasi direktori Z.Salyamov, Qarshi shahridagi “Uz Shoes” ma’suliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi rahbari D. Muftillayev hamda Qarshi shahridagi “Radiant Silk” ma’suliyati cheklangan jamiyati bosh direktori J.Sayliyevlar ishtirok etdi. Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan o‘zlarining faoliyatlari, tabdirkorlik sirlari hamda Respublikamizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar to‘g‘risida o‘quvchilarga ma’lumotlar berishdi. Uchrashuv qizg‘in, ko‘tarinki ruhda, savol-javoblarga boy o‘tdi. Tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.